Address
304 North Cardinal St.
Dorchester Center, MA 02124

Work Hours
Monday to Friday: 7AM - 7PM
Weekend: 10AM - 5PM

“She’riyat tongining yulduzi”

1-mart O‘zbekiston xalq shoirasi, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova tavallud topgan kun. Shoira tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston pedagogika texnikumida “She’riyat tongining yulduzi” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada xalq shoirasi, davlat va jamoat arbobi Zulfiyaxonimning hayot va ijod yo‘li yoritib berildi; shoira ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi, shoira ijodiga xos she’r va qo’shiqlar ijro qilindi, shoira hayotiga oid sahna ko‘rinishi tomoshabinlarda katta qiziqish uyg’otdi.
Texnikum tasarrufidagi maktabgacha majburiy tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, ayniqsa kechaga alohida zavq bag‘ishladi.
Tadbir so‘nggida kechada faol qatnashgan o‘quvchi yoshlar faxriy yorliq va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *